Bedavo bir dardga chalindi sho‘rlik, Dedi: Endi qaytib turmasam kerak. Bo‘g‘ziga tiqilib kelsa ham xo‘rlik, Bariga chidadi, bosiq va tiyrik.
Ketar chog‘ida ham yo‘qlikka tomon, U taqdir hukmiga mardona ko‘ndi. Faqatgina dedi: - Qiynar bir armon Meni bolalarim sog‘inar endi...