Otabek MUTALXOJAYEV Hazon Hazon ingrar qadamimda, Hiyobonlar yolg'iz kezdim, G'am bilmagan bola edim, Bugun ko'nglim g'arib sezdim. Qaydan seni uchratdim men, Tanimasam bo'lmasmidi, Buncha senga bog'landim men? Sevgi uchar yelmasmidi? Naqorat: Kelib-kelib, kelib-kelib Senga tushib ishqim mani, So'zim yig'lar zor-intizor, Bag'rim ezar rashkim mani. Ko'ngil zori, dil ozori, Umidsiz sevgi azobi. Hech ketmaydi hayolimdan, Mast qildimu ishq sharobi. Shodon o'ynar favvoralar, Meni holim bilmaydilar Tuyg'ularim ovoralar, Hazonlarga o'xshaydilar. Naqorat: Kelib-kelib, kelib-kelib Senga tushib ishqim mani, Sozim yig'lar zor-intizor, Bag'rim ezar rashkim mani.
|