Hay-hay Yo’qlamagan har kuning yilcha bo’lurmi, hay-hay, Shunchalik shafqat bilmas dilcha bo’lurmi, hay-hay. Xush surating bir nafas tark etmas xayolimni, Ko’z shahlo-yu, qosh esa nilcha bo’lurmi, hay-hay. Har so’zda yuz andisha qilg’um donolig’ingdan, Ko’nglingning nozikligi qilcha bo’lurmi, hay-hay. Goh xanjar, goh asaldek so’zlaringdan dog’damen, Jon olib, jon berguchi tilcha bo’lurmi, hay-hay. Vaslingni umidida dunyodan o’tib borgum, Qanoatda saida filcha bo’lurmi, hay-hay.
|