Xo'p ajoyib dam edi yonimda yor o'lg'on kecha, Toleim, baxtim kulib, dil lolazor o'lg'on kecha. Shodligim ko'ksimga sig'mas, bu yurak o'ynog'idan, Qosh o'rib pinhona ishqim oshkor o'lg'on kecha. Zulfi ko'ksiga tushub, holini berkitdi shoshib, Dil qushi haddin oshib, qalb beqaror bo'lg'on kecha. La'li yoqutlar sochib, so'zlardi har dam cho'chib, Hushim boshimdan uchib, til yo'g'u bor o'lg'on kecha. Oshnolik baxtidan, o'z sevganimning ahdidan, Yor visolin naqdidan, dil beg'ubor o'lg'on kecha. Sen shukr qilg'ilki, Mirzo, telbalik ham endi bas, Bu ko'ngil ahdida turmoqdda qaror o'lg'on kecha. Xo'p ajoyib dam edi yonimda yor o'lg'on kecha...
|