Men sening ko'z yoshing bo'lsaydim agar, Yuzing o'pmoq uchun har kun yig'lardim. Kipriging quchoqlab, bir shabnam bo'lib, Muhabbat dardidan to'lib yig'lardim.
Sen mening ko'z yoshim bo'lsayding agar, Yig'lamay yashardim bir umr mangu. Seni ko'z ostimda asramoq uchun, Meni tark etmasdi hech qachon kulgu.