Davrlar o'zgardi, dunyo o'zgardi, Farzandlar qalbiga quloq solingiz. Xitobim qa'rida o'tmishning dardi: "Ertaklar aytishni siz bas qilingiz!" Ertaklar eshtib ulg'aygan bizmi? Bugun yolg'onlarni tinmay so'zlaymiz. Ajdarlar mahv etgan parizodlarni, Ko'nglimiz tubida pinhon ko'zlaymiz. Sadoqat shevasin unutgan do'stlik, Go'zallar oldida cho'kkanida tiz, Tan oling ayollar husnidan bezlik, O'rganmaganmidik ertaklardan biz? Ertaklar - yog'onning nabirasidir, Ular ezgulikni qilarlar shior, Aslida ebg katta hiyonatlar ham Biz suygan qahramon fitratida bor. Ularning yolg'onin biladi hamma, Ammo bolalarga tinmay aytarlar, Ostin ustun qilib dunyoni, so'ngra, Botirlar bir qiz deb ortga qaytarlar. Qarang ertaklardan sug'orilganlar, Yurarlar birgina haq so'z izlashib. Yalmog'izni o'qiy-o'qiy bu avold, Oxiri ketdi-ku yalmog'izlashib. Oila deganning tushunchasi yo'q, Sevgiga yetishib tugar har ertak, Bu avlod hayrondir ertakdan keyin, Nima qilmoq kerak, ne qilmoq kerak?
|