Ko'zingu qalbingni zabt etgan to'lib, Nafosat haqida sursang gar hayol. Nuqsonsiz go'zallik timsoli bo'lib, Yurgan bir hasratdir hijobli ayol. Biroq oson emas yurmoq hijobda, Bugun bu ko'plarga kelmoqda malol, His qilar o'zini o'ng yot dunyoga Kelgindi hilqatdir hijobli ayol. Avj olgan buzuqlik ma'siyatlardan, Ne-ne qadriyatlar bo'ldi-ku uvol, Ey, Rabbim, panoh ber deya bulardan, Berkingan suratdir hijobli ayol. Ko'plar ayol nomin bulg'aydi tinmay, Avratlar ochilib bo'lishar xushhol. Taqvosin ko'rsatib, o'zin ko'rsatmay, Saqlangan siyratdir hijobli ayol. Millatu dinini ko'plar unutib, Gunohlar qa'rida toparkan zavol, Taqvosin timsoli libosi bo'lib, Diniga quvvatdir hijobli ayol. Behayo kimsalar, dinsiz johillar, Masxara qilganda uni bemalol. Allohim ularga hidoyat ber deb, Eng yahshi niyatdir hijobli ayol. Uning mavjudligi ko'ngilga malham, Ko'z quvnar, qalb esa bo'lmagay behol. Kitoblar yoqilib ketganida ham, Islomga hujjatdir hijobli ayol. Da'vatlar to'xtagan telba diyorda, Har kimning ko'nglida katta bir savol. Indamay ketsa ham ko'zlari yerda, Katta bir da'vatdir hijobli ayol. Unga havas qilgum, degum ey, singlim, Erlarga taqvoda o'rnak bo'lib qol. Iymondan voz kechgan erkaklar uchun, Eng yahshi ibratdir hijobli ayol!!!
|