Dunyoda yashashga qo'ymasangiz gar, Shu sizga buyursin qaytib beraman. Ammo arimagay ko'nglimdan kadar, Xudoga hammasin aytib beraman. Fitratda tug'ildim, vale' tarbiya, Mudhish bir holatga soldiku soya. Sof ta'lim neligin bilmadim deya, Xudoga hammasin aytib beraman. Yoshlikda g'am nima bilmay yurgandim, Bog'chani eng oliy dargoh bilgandim. Kalima o'rniga qo'shiq o'rgandim, Xudoga hammasin aytib beraman. Quvnab yo'l tushganda maktabim tomon, Jami' ilmlarga izladim imkon, Ammo nimaligin bilmadim Iymon, Xudoga hammasin aytib beraman. So'ng oliy bilim yurt o'ziga chorlar, Muhabbat atalmish go'zal bahorlar. Ustozlarim dindan etgan bezorlar, Xudoga hammasin aytib beraman. Allohga hamd bo'lsin qutqardi O'zi, Qalbimga sochildi hidoyat tuzi. Shunda yaqinlarim burdilar yuzin, Xudoga hammasin aytib beraman. Aroqli to'ylarga bormay qolsam gar, Otamga la'nat der eng yaqin jigar. Ko'zimdan yosh emas oqqanda zahar, Xudoga hammasin aytib beraman. Yodimda o'zini eng zo'r er degan, Namozxon bo'ldingmi, deya jerkigan. Bo'g'zimga qadalib yovuz sher kelgan, Xudoga hammasin aytib beraman. Xaq so'z yetkazilsa mard jo'vonsherlar, O'zingcha nelarni so'ylading derlar. Kecha kim eding, deb yuz burgan ellar, Xudoga hammasin aytib beraman. Alloh ruhsat, degan oyatni bilib, Hayotga tadbiq et, gar desam kulib, Ayol zoti minar g'azabga to'lib, Xudoga hammasin aytib beraman. Hammaga tegishli aytilgan so'zlar, Xaqdan olib qochamng jovdirar ko'zlar. Qiyomat kelganda ko'rasiz, do'stlar, Xudoga hammasin aytib beraman.
|