Rasululloh salollohu alayhi vasallam aytdilar: "Kiyimning bezakli rangi o'chib ketishi kabi, (bir kuni) Islom ham yo'q bo'ladi. Borib-borib ro'za nimayu, namoz nima, qurbonlik nimayu, sadaqa nimaligi ma'lum bo'lmay qoladi. Bir kuni Alloh azza va jallaning Kitobiga ham (bu qoida) joriy qilinadi (ya'ni, oxirzamonda yomon odamlar ustida qiyomat soati qoim bo'lishiga tayyorgarlik sifatida Qur'on ham ko'tariladi), natijada, yer yuzida u (Qur'on)dan biror oyat ham qolmaydi. Odamlar orasidagi keksa chollar va kampirlar: "Biz ota bobolarimizning "La ilaha illalloh" deganlarini eshitganmiz va biz ham shunday deymiz", deydilar.