Payg’ambar alayhissalomdan rivoyat qilinadi: “Sizlardan oldingi ummatlarning kasalligi orangizga o’rmaladi, bu – g’azab va hasaddir. G’azab va hasad sochni emas, dinni qiruvchi (ustaradir). Muhammadning joni qo’lida bo’lgan Zotga qasamki, to bir-biringizni yaxshi ko’rmaguningizcha, mo’min bo’lolmaysiz. Agar bajarolsangiz, bir-biringizga muhabbat uyg’otadigan amalni eslataymi? O’zaro salomni yoyinglar!”
E’tibor berilsa, Rasuli akram ko’p tabiblar bedavo deb bilgan hasad dardining muolaja yo’lini o’rgatyaptilar. Shunday muolajaki, agar aytilganidek unga rioya qilinsa, shifosi aniq! Demak, o’zaro muhabbat hasad xastaligining ildizini batamom qurituvchi yagona va eng ishonchli dori. Xo’sh, bu dorini qanday qo’lga kiritishga ham hojat yo’q ekan. Chunki u o’z qo’limizda: bi-birimizga salom berib yursak, shuning o’zi o’rtamizda muhabbatni paydo qiladi. Demak, biz ko’p hollarda unchalik e’tibor bermaydigan s a l o m imiz tabiblar davosidan ojiz bo’lgan dard – hasadga qarshi eng kuchli qurol ekan.