Parvoz joyi: Dunyo Qo’nish joyi: Oxirat Uchish soati: Doimiy Yo’lovchining ismi: Inson Jinsi: Tuproq Manzili: Dunyo Chiptalar faqat borishi uchun. Birga olib ketishi mumkin bo’lgan narsalar: -5 metr oq mato; -Solih amal; -Foydali ilm. Yo’lovchilar bundan boshqa narsa olib keta olmaydilar. Yoqimli safar qilishni istaganlarga Qur’oni karim va hadisi sharifdagi ko’rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi. Safar davomida kun tartibiga qo’yiladigan masalalar: umringni nimaga sarflading, yoshligingni qanday o’tkazding, mol-dunyoni qaysi yo’l bilan topib, qayerga xarjlading va ALLOH UCHUN NIMA QILDING??? Eslatma: taqvo kamari bilan belini mahkam bog’laganlar uchun safar bexatar bo’lishi kafolatlanadi!