Bir kuni Boylik, Ilm va Or-nomus uchrashib qolishdi. Boylik aytdi: - Agar men yo’qolib qolsam saroyda bo’laman. Ilm aytdi: - Agar men yo’qolib qolsam masjid va madrasada bo’laman, o’sha yerdan izlang - Agar men yo’qolib qolsam, - dedi Or-nomus, - izlab o’tirmanglar, hech qayerdan topolmaysizlar.