Dunyodagi barcha insonlarni tegishli o‘lchovlarni hisobga olgan holda 100 kishiga qisqartirilsa, bu jamoa aholisi quyidagi ko‘rinishda bo‘lgan bo‘lur edi: 57 osiyolik 21 yevropalik 14 amerikalik (shimoliy va janubiy) 8 afrikalik ularning 52 nafari ayol 48 nafari erkak 70 tasi oq bo‘lmagan tanli kishi 30 tasi oq tanli kishi 6 kishi dunyodagi ja’mi boylikning 59%iga egalik qiladi va ularning bari AQShlik kishilar bo‘ladi 80 kishida yetarli uy-joy sharoiti bo‘lmaydi 70 kishi savodsiz 50 tasi to‘yib ovqatlanmaydi 1 tasi o‘ladi 2 tasi tug‘adi 1 kishi kompyuterga ega 1 kishi oliy ma’lumotli bo‘ladi. Agar dunyoga shu nuqtai nazar bilan qaralsa, birdamlik, bir-birini tushunish, sabru qanoat va ma’lumotga katta ehtiyoj borligi ma’lum bo‘ladi, bu haqda o‘ylab ko‘ring; Agar tongda ikki muchangiz sog‘-omon uyg‘ongan esangiz, demak, siz ko‘zini bundan buyon ocholmaydigan 1 million kishidan baxtiyorroqsiz.; Agar boshingizga urush olovi, turmadagi yolg‘izlik azobi, qiynoq va ochlik talvasasi tushmagan bo‘lsa, demak siz bu dunyodagi 500 million odamdan ba’tiyorroqsiz; Agar siz ibodat qilishga hayiqmay borayotgan, hibsga olinish yoki o‘lim sharpasini sezmayotgan ekansiz, demak, dunyodagi 3 milliard odamdan baxtliroqsiz; Agar muzlatgichingizda yeyishga ovqatingiz, kiyishga kiyimingiz va yotishga yotog‘ingiz bo‘lsa, demak, dunyodagi 5% kishidan boyroqdirsiz; Agar bankda hisobingiz, cho‘ntakda pulingiz va ozroq jamg‘rmangiz bo‘lsa, demak, bu dunyodagi badavlat 8 % odamlar toifasiga kirasiz; Agar siz ushbu matnni o‘qiyotgan bo‘lsangiz, demak, yana ikki karra baxti kulgan insonlardan biri ekansiz, negaki 1) kimdir siz haqingzida o‘ylaydi 2) siz dunyodagi o‘qishni bilmaydigan 2 milliard odam sirasiga kirmaysiz va 3) sizning kompyuteringiz bor! Kimdir qachonlardir shunday degan ekan: - xuddi pul kerak emasday ishla - hech kim senga hech qachon ozor bermaydiganday sevishda davom et - hech kim ko‘rmayotgan kabi raqsga tush - hech kimsa eshitmayotganiday qo‘shiq ayt - yashayotganing zaminni xuddi jannat bilib yashashda davom et!
|