Behuda so’z bilan kuldiradigan shoir xayolida o’zini Sa’diy va Xusravdan ortiq biladi. Qarg’aoyoq xati qarg’aning iflos oyog’idan yaramas bo’lgan kotib (ko’chiruvchi) yozgan xatini o’z zamonasining mashhur kotiblari Ja’far va Azhar xatidan yoqimliroq sezadi. Rassomning solgan suratining yomoni dahshatda bo’ladiyu, o’zini mahshur rassomlar Abdulhay va Moniy qatorida tasvirlaydi. Kitoblarini oltin bilan naqshlovchining xitoycha naqshi xato va farangchasi naqqoshlar tinkasiga tegadiyu, so’zining siyoqi esa Atorud sayyorasiga ta’n urmoq bo’ladi. Har bir hunar egasi o’z hunarini ta’riflashida mubolag’a bordir, u ta’rif haqiqatan o’z shaxsiga oiddir. Madrasada behuda munozarachilar shov – shuvidan ham manmanlik anglashiladi; bu uning so’zini va u buning so’zini rad qiladi, buning bilan har qaysisi o’z so’zini va o’zini ma’qullaydi.