Sendan yuksak nima bor, yulduz? - Ona mehri. - Sendan keskin nima bor, olmos? - Onalar qahri. - Qayerdan olding otashni, quyosh? - Ona qalbidan. - Po`lat, qayerdan senga zo`r bardosh? - Ona zarbidan. - Senmi, ko`klam, hayotbaxsh fasl? - Yo`q, ona izi. - Senmi, totli, shifibaxsh asal? - Yo`q, ona so`zi. - Dengiz, nedir kenglika tanho? - Ona og`usi. - Sendan shaffof ne, tongi ziyo? - Ona boqishi. - Yaratgusi senmi, tabiat? - Yo`q, yo`q, onalar. - Baxt bitguvchi senmisan, hayot? - Yo`q, yo`q, onalar...
|