Usun-usun karvonlarning uzoq yo'li, Ketib borar karvonlarim asta-asta. Lahzalarning allasida tug'ilganim - Yetim sevgim qalbi majruh, dili xasta. Uchuq toshgan lablariga firog'imning, Bevaqt kelgan qish dardimdan sochlari oq. G'azal aytib yig'lar yurak ho'ngrab-ho'ngrab, G'azal aytib yig'lar yurak uzoq-uzoq. Beshigining ko'zmunchog'i yo'q ko'nglimning, Umrim so'ngsiz bahorlari olov rangli. Yelvizaklar qoqar g'amgin darvozamni, Lola sevgim yonoqlari zangli-zangli. Karvonlarim to'htamaydi, ketib borar, Uzun-uzun izlarimni ko'mar shamol. Nursiz ko'zi to'lib hijron qumlariga, Mung'aygancha qarab qolar yolg'iz ayol.
|