Yonimda o'tsa shu qiz, yuragim o'ynab qolar
O'z - o'zidan ajoyib qo'shiqlar kuylab qolar
Nima bo'ldi o'zimga, bila olmay xayronman
O'zim bilmay xoynaxoy yigit bo'lib qolganman
Olifta qiz, olifta o'qirdik bir sinfda
Olifta qiz olifta go'zal u bitta
Olifta qiz, olifta o'qirdik bir sinfda
Olifta qiz olifta go'zal u bitta
Olifta qiz olifta go'zal u bitta
U qiz meni ko'rganda boshqaga boqar edi
Aytolmasdim o'ziga menga ko'p yoqar edi
Bildirmasdan hech kimga , gohida o'tar edim
Duch kelsa sho'xlik qilar edim,sochidan tortar edim
|