Zulmatda
qolgan yurak
...Qishning sovuq kunlaridan yana biri...Fayzsiz
ko'chalar uning qalbi kabi huvillab yotibdi...Bu ko'chalarda u
o'zini o'zga, yovuz bir olamga tushib qolganday his qiladi, hamma
narsa begona, hammasi zerikarli...Go'yo shu begona olamda qachondir,
nimadir sodir bo'ladiyu qolgan hayoti ham ostin-ustin bo'lib ketadi...Bor
vujudiga xokim bo'lishga ulgurgan bu o'y-xayollar, endi uning
yuragiga soya solishga intilmoqda. Shuning uchunmi, keyingi paytlarda
yuragiga qandaydir gashlik qo'nib olgan, shu gashlik hatto "eng
xursand kunida "ham ko'nglining bir chetini xira qilib turadi...Shunday
deb atasa bo'larmikan?!..."eng xursand kunlari "...,
qaysi kunni u eng quvonchli kuni deb atay oladi. To'gri, u uchun
yaxshi kunlar ko'p bo'ldi, bunday kunlarda u, yayradi, kuldi,
lekin yuragichi?...Yurakdan xursand bo'la oldimi?...Yo'q...Shunday
daqiqalar bo'ladiki, yuragida qandaydir umid chechaklari bosh
ko'tarib ko'kka intilib qoladi, ammo yurakning katta qismini egallab
olgan cho'llardan ko'tarilgan chang-to'zonlardan esa yana qovjirab
qoladi...Yana o'sha bo'm-bo'sh yurak...Yurak, uning yuragi ilgari
qanday edi..., yo'q ilgari bunaqa emasdi, o'ziga tanish yoki notanish
hislar bilan to'lib borayotgan edi..., yo'q o'shanda ham yuragining
bir chetida kichkinagina qorongulik borligini his qilardi, xozir
esa shu kichkinagina qorongulik kengayib, butun qalbini cho'lgab
olgan...Uning yuragini hech narsa to'lqinlantirolmay qo'ygan,
na quvonch, na shodlik, na kulfat va na gam...
Bunday yurakni nimaga o'xshatsa bo'ladi?! muzliklar
o'lkasigami? yoki adog'i yo'q jazirama cho'lgami? yoki chaqmoq
urib, yonib kulga aylangan o'rmonzorgami...?
Hamma aybni yurakka to'nkasak bo'larmikan?, uning
o'zichi, o'zi irodasiz, qo'rqoq emasmi? ha qo'rqoq u xursandchilikdan,
quvonchli kundan o'zini olib qochadi, to'grirogi qo'rqadi...Chunki
u bugungi "yaxshi kun"dan keyin albatta "yomon
kun " keladi deb o'ylaydi...Shu uchun "xursandchilik"
ko'chasidan chetlab o'tib o'zini "tushkunlik"xiyoboniga
uradi...Bu xiyobonda u yolgiz kezishni yoqtiradi...Bu xiyobonning
bahor yozi yo'q, unda faqat kuz hukmronlik qiladi...kimsasiz,
zerikarli va qandaydir vahimali..., ammo shunga qaramay faqat
shu erdagina u o'zini xotirjam qiladi, yuragi ham orom olganday
bo'ladi...
Oqila
|