
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Yakshanba, 01.03.2026, 14:50 |  |
|
 |
Главная » 2009 » Mart » 19 » Ko`ngil xiyoboni, yoxud shirin iztiroblar...
07:00 Ko`ngil xiyoboni, yoxud shirin iztiroblar... |
| Ko`ngil
xiyoboni, yoxud shirin iztiroblar...
Hayot har bir insonni
o`zining ming bir chig`irig`idan o`tkazadi. Tubsiz tuyg`ularga
berilib ketasiz. Bunday vaqtda azobu iztiroblar iskanjasida
to`lg`onishdan sira cho`chimaslik lozim. Tog`ri, mashaqqatlarsiz
rohat-farog`at ham bo`lmaydi. Yashashning ham o`ziga yarasha
quvonchu tashvishlari bo`lishi tabiiydir.
Samo bag`rida miltillagan xira yulduzlar bugun go`yo yanada
to`lishgandek. Ular sochayotgan taram-taram yog`dularda shabnam
surati aks etganmi deysiz?! Tunda yog`ilgan bu tomchilar mening
ko`zlarimga nogahoniy quvvat baxsh etgan. To`yib-to`yib moviy
osmonga tikilaman. Yulduzchalar menga sirli so`zlarini aytishga
cho`glangandek ko`z qisishadi. Yuzlarimga shabnam tomchilari
urilib, qalbimga huzurbaxsh iliqlik yuguradi. Kapalak qanotlariga
osilib olgan mezonday jajji yuragim u yoqdan bu yoqqa talpinadi.
Dard esa vujudimni og`uga to`ldirmoqchiday yurak chetiga qadalib,
asablarimni egovlaydi. Oils manzillarga beixtiyor nigoh qadayman.
O`jar tuyg`ular bir zum tutqich bermaydi. Ortimda esa VAQT degan
buyuk intiqom qasos olishga shay bo`lib turadi. Yangi niyatni
amalgam oshirmoq yo`lida ezgulikka qo`l uraman. Bir zumda mashaqqatlar
yo`llarimni to`sib chiqadi… Ular bilan ayovsiz kurashishga chog`lanaman.
Qo`llarimni ortimga qayirib sabot va irodamning nechog`li quvvatli
ekanligini mashaqqat degan oliy iztirob sinovdan o`tkazadi.
Oldin unsiz yig`layman, ko`zlarimdan emas, qalbimdan yosh quyilib
kelaveradi. So`ngra esa o`kirib-o`kirib yig`lay boshlayman.
Qanoat yonimga tiz cho`kib irodamni o'lkan charx bilan o`tkirlaydi.
O`sha onda ko`zlarimga olam yanada yorishib ketganday, yashil
libosda jilva qiladi…
Bu shirin iztiroblarga qorishgan so`ngsiz tashvishlarning nogahoniy
belgisidir.
G`ayrat Boboqulov
|
|
Категория: MONOLOG |
Просмотров: 2292 |
Добавил: Elyor
| Рейтинг: 4.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|