
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Yakshanba, 01.03.2026, 04:30 |  |
|
 |
Главная » 2009 » Mart » 19 » Qalbimni yoritgan nur
07:01 Qalbimni yoritgan nur |
| Qalbimni
yoritgan nur
Sizni uchratdim-u hayotimda
ajoyib bir o`zgarish sodir bo`lganini angladim. Mana, sizni taniganim,
aniqroq aytsam, sizni topganimga ham to`rt yil bo`libdi. Shu vaqt
ichida siz mening xayollarim-u ko`nglimni butunlay asir etdingiz.
Sevgi izhor etgan bo`lsangiz-da va bu ishqa meni osmonlarga qadar
ko`targan bo`lsa-da qizlarga xos ehtiyotkorligim bois bo`lsa kerak
“Yigitlarning sevgisi o`tkinchi bo`ladi, balki u bir kun kelib
mendan a`lorog`iga duch kelar-u keyin meni unutib yuborar” degan
o`y ko`nglimning bir chetida doim yashardi.
Bir kun shu haqda so`z ochdim. Shunda siz: “Nahotki to`rt yil
ichida seni ishontira olmagan bo`lsam. Qanchalik sevishimni anglash
shunchalik qiyinmi?” dedingiz bir oz og`ringanday. Sizni xafa
qilmoqchi emasdim. Aslida muhabbatingiz qalbimni yorituvchi nurga
o`xshaydi. Bu nur kelajak yo`llarimni ham nurafshon etib turardi.
Sizni shunchalar sevamanki, yonimda bo`lsangiz ham sizni sog`inaman.
Shunday bo`lsa-da na muhabbitm haqida, na sog`inchlarim haqida
o`zingizga oshkora ayta olamayman. Lekin shuni yaxshi bilamanki,
siz mening birinchi va yagona chin muhabbatimsiz.
Sevaman der eding balki bu yomon,
Balki rost qalbingda urgani tug`yon.
Azizim, quloq sol so`zimga ishon,
Men seni sevardim, sevaman hamon.
Gulruh
|
|
Категория: MONOLOG |
Просмотров: 1858 |
Добавил: Elyor
| Рейтинг: 1.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|