
| Меню сайта |
|
 |
| Shahsiy |
|
 |
| Опрос |
|
|
 |
|
 |


 |
 | Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Yakshanba, 01.03.2026, 14:50 |  |
|
 |
Главная » 2009 » Mart » 19 » Dildagi ohim mening...
07:02 Dildagi ohim mening... |
Dildagi
ohim mening...
O Muhabbat!
Dastlab hech narsa yo`q edi. Nogoh, tushlarimda sening ismingni
eshita boshladim. Kimdir jarangdor va yangroq ovozi bilan sening
ismingni ayta boshladi. Har tarafga mo`ltirab qaradim. Men seni
bilmasdim. Men seni tanimasdim. Men seni hech qachon, hech qayerda
ko`rmagan edim. Kunlar bir zaylda o`taverdi… va nogahon eng dilrabo,
eng seravj va shodiyonalarga to`la davrlarning birida seni uchratdim.
Seni uchratdim-u, olam-olam quvonch bag`rimga yopirilib keldi.
Seni uchratdim-u eng baxtiyor va mehridaryo shahzodaga aylandim.
Seni uchratdim-u, dunyoda mendek g`arib va aftoda boshqa bironta
inson yo`qlig`iga iqror bo`ldim. Sen meni olovga tashlagan eding.
Sen meni o`z otashingda kuydirayotgan eding. Men do`stlarimdan
so`ray boshladim: Sevgi nima?! Sevgi nima?! Sevgi nima?! Hozir
ham bir paytlardagidek sevayaptilarmi?! Hozir ham Farhod va Shirinlar
bormi? Otabek va Kumushlar hozir ham bormi?! Sening ham yuragingda
zarracha bo`lsin, muhabbat cho`g`i bormi, Zaynab! Meni bunchalar
abgor qilmog`inga ne sabab?! Momolardan so`radim, ayollar ham
sevadilarmi?! Ayollar sevsa qay darajada sevadilar. Ayollar muhabbatiga
timsol bormi?! Ayollar sadoqatiga timsol bormi?! Ayollarning buyukligi
nimada? Ayollarning buyukligi…u ham seva olishida!
Ayol sevsa olov bo`lib sevadi. Ayol sevsa otash bo`lib sevadi.
Ayol muhabbati olamni bezaydi. Ayol muhabbati olamni gulga to`ldiradi.
Ayol muhabbati borligi uchun ham hamma yashaydi. Hamma baxtiyor
bo`ladi. Ammo… Muhabbat olovida yonganlar yuragida mangu jaranglovchi
qo`ng`iroq sadolari bir savolni qayta-qayta takrorlayveradi:
U mening yuragimning ardog`ida, u mening ko`zlarimning qarog`ida,
u mening jonimning tirtog`ida, Men uni sevaman!
-U ham meni sevarmikin?!...
|
|
Категория: MONOLOG |
Просмотров: 2349 |
Добавил: Elyor
| Рейтинг: 5.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
| Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
 |
| Kunlik hisob-kitob |
|
|
 |
| Yangilik + |
|
|
 |
| SmS+ |
|
 |
|