Mag`rur
sevgi
Mag`rur
sevgi… Shunaqasi ham bo`larkan dunyoda. Sevasanu, lek oshkor
qilishga g`ururing yo`l qo`ymaydi. Ichingda sevging deb kuyib-pishasanu,
ammo tashqariga hatto tututnini ham chiqarolmaysan. Eng yaqin
sirdoshing ham kimni sevishingni bilolmaydi. Avvallari hatto
o`zingdan ham qizg`angan nigohing bugun unga, ha, ha, o`sha
insonga qadalgan. Avvallari hech kimga aytilmagan, qalbing tubidagi
sirlaringni unga oshkor etging keladi. O`sha inson sening orzuingdagi
shahzoda, tushlaring farishtasi, sen bir umr kutgan yor. U bilan
baxtli bo`lishga, u bilan hayot yo`lingni bog`lashingga ko`zing
yetadi. Lekin yana mag`rurlik qilasan… Sen tushingda ko`rgan,
orzu qilgan xayollar ro`yobga chiqa boshladi. Ich-ichingdan
quvonasan, dunyoga jar solging keladi: “Sevib qoldim” deya.
Ammo yana o`sha qizlik g`ururing halal beradi… U senga nigoh
tashlaganida bor badaning titrab ketadi-yu, ammo atrofdagilarga
sezdirmaysan. Yuzing hayajondan qizarsa, kun issiqligini bahona
qilasan. Sevganing dugonalaring bilan uzoq gaplashib qolsa,
yuraging yorligudek bo`ladi. Shu choq uni hammadan, hatto o`zingdan
ham rashk qilib, qizg`anib ketasan. Lekin uni yoniga borib:
“Sizni sevaman” deyolmaysan. Seningcha, bu gapni aytsang, o`sha
on g`ururing o`ladi, qat`iyating sinadi… Kutilmaganda u yoningga
kelib seni sevishini aytadi. Quvonching ichingga sig`may turibdi-ku,
lekin yana mag`rurlik qilib, uning sevgisini sinovdan o`tkazasan.
Bunchalar beshafqatsan-a? “Sevdim” deb ko`zlaringga termulib
turgan sevgilingga rahming ham kelmaydi-ya?! U hatto sen bilan
hayot yo`lini birlashtirmoqchiligini aytdi. Axir bu sening umrbod
Ollohdan tilagan baxting-ku! Yo`q, shunda ham mag`rursan… Eh,
yurak! Buncha mag`rur bo`lmasang. Nahot, sen sevgan yor biro
g`iz “sevdim” degan so`zingga arzimasa? Shunchalar mag`rursanki,
o`z his-tuyg`ularingni oshkora aytolmaysan…
Biroq…Biroq muhabbat shunday kuch ekan-ki… Hatto mag`rurlik
ham uning oldida tiz cho`kar ekan. Chin sevgi mag`rurlikni yengadi…
Bir kun kelib mag`rur sevgi oshkor bo`ladi…
"Tasvir"
gazetasidan olingan
30-son, 2004 yil
|