Beklarga hos hislatingiz ,so’zlaringiz o’zgacha , Meni mahliyo etgan ko’zlaringiz o’zgacha . O’zgachadir nigohingiz vujudimni yondirar, Ko’nglim uzra qolib ketgan izlaringiz o’zgacha . Ne-ne yigitlar ichra sizga yo’qdir hech qiyos , Hech kim sizga o’hshamas , to abad ,hanuzgacha . Erursiz qalb quyoshim ,go’yo men chetda yulduz , Tunlari etmas nuringiz bu bedor yulduzgacha . Ataydurman “Begim”debon ,nasib etsa Allohim , Yoningizda bo’lay o’zim ,bahorlardan kuzgacha . Ko’zim tolmas kutishdan ,kifoyadir bilsangiz – Sizni bahtli etguvchi Malikangiz o’zgacha.
|