Jonim xamon sizni unutganim yo’q,
Go’yo men o’lganu jismim qabrsiz
Bevafo dunyoni tark etganim yo’q
Xali ham tirikman umrim qadrsiz,
Yurakda siz yoqqan alanga qoldi,
Armonga aylanib orzular qoldi,
Biz asray olmagan muxabbat oxir,
Ruximni yoqib qasdini oldi.
Netay ko’ngil qo’msar o’tgan kunlarni
Munavvar yulduzli. Oyli tunlarni
Ollohga jismimni etardim tortiq,
Bir laxza baxsh etsa o’sha onlarni.