Siz bilmaysiz sog'inganimni
Oy nurida qolgan damlarim
Siz bilmaysiz tushimda ko'rib
Yosh boladek quvonganlarim
Siz bilmaysiz yurak yuziga
Ismingizni yozib yurganim
Sog'inchlardan oqan yoshimdan
Sizga atab marjon terganim
Siz bilmaysiz hayollarimda
Sizni kuchib o'pib olganim
SHodligimdan samoga boqib
Sizga atab yuldiz terganim
Siz bilmaysiz sog'inganimda
Sizga atab sherlar yozganim
Dartga to'la sherlarim o'qib
O'z dardimda o'zim yonganim