Bugun ham yurakni qiynar muhabbat Ikki kuch kurashar bunda beayov. Biri der : men usiz yashashim kerak Biri der:hayotim usiz zim- ziyo. Aslida yuragim yasholmas sizsiz, Tirikdir u sizning yodingiz bilan. Sizsiz yashamoqqa hohishim emas Hayot majbur etsa,ayting ne qilay? Siz-la qurgim kelar uzoq suhbatlar Uzun- uzun hatlar bitgim keladi. Ammo oramizda uzoqdir yo’llar Uzun armonlarim Tangrim biladi. Hayot yo’li boshqa bo’lsa ham hatto, Ko’ngil yo’li boshqa ekan, voajab. Ko’ngil amrin har dam etolmay ado, Inson yashar ba’zan baxtidan ajrab. Tushunolmay qoldim,o’zimga o’zim, Nimani kutaman ,o’zim bilmayman. Goho sizni eslab ,entiksam, goho, Sizsizlikdan to’yib-to’yib yig’layman. Umrbod shu sevgim bilan yashashni Qanchalar hoxlashim bilsangiz edi. Lek ,sevgi-talpinish bo’lsa ,besamar Talpinishning, ayting,foydasi nedir?
|