Go‘zal diyorimizga barchamiz sog‘inib kutgan bahor nafasi kirib kelayotgan mana shu nurafshon kunlarda siz, azizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston xotin-qizlarini 8 mart bayrami bilan qizg‘in tabriklab, sizlarga o‘zimning samimiy tuyg‘u va tilaklarimni izhor etishdan baxtiyorman.
Barchamizga ayonki, onalarni, ayol zotini e’zozlash el-yurtimiz uchun azal-azaldan ezgu qadriyat bo‘lib kelgan. Buning tasdig‘ini tariximizda, hayotimizda, mumtoz adabiyotimizda ko‘plab misollarda yaqqol ko‘rish, kuzatish mumkin.
Bu haqda so‘z yuritar ekanmiz, buyuk mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning "Ayollar – farishtalarning opa-singillaridir” degan so‘zlari zamirida naqadar chuqur hayotiy falsafa mujassam ekanini anglash qiyin emas, deb o‘ylayman.
Biz mehr-muhabbat va odamiylikning ilk saboqlarini aziz onalarimizdan, ularning beshigimiz uzra parvona bo‘lib aytgan alla ohanglaridan olamiz. Qalbi
... Davomi »
Бахт не эрур? Бахт не эрур, бунга бир тангри гувох. Хаёт давомида минг бора, хам гох, Бахтни этар тухфа бизга хар лахза, Лек ќўлдан бой берармиз сезмайин ногох.