...Bir chumoli sahroda ketayotganida undan so'rashgan ekan: - Qayerga ketayapsan? - Makkayi mukarramaga, Hajga ketyapman! - Iye, sen hali bu yurishing bilan qachondan yetib borasan? - Hech bo'lmasa, shu yo'lda o'lamanku...
Mana shu chumolining manzili - muhabbat. Uning qalbidagi Yaratganning uyini ziyorat etishga yetgan shijoat - muhabbat. Bu yo'lda, hatto o'limga roziligi - muhabbat. Ezgu maqsadi - muhabbat...