Bir qarasam,beg'ubor tushga o'xshaysan, Bir qarasam,beozor qushga o'xshaysan. Bir dam hayrat ila qarshingda boqsam, Qalbni darz etguvchi mushtga o'xshaysan. Bir qarasam hokisor do'stga o'xshaysan, Eng shaffof hislardan mastga o'xshaysan. Yurakkinam portlab,tikilsam jimib, Shayton izmidagi kasga o'xshaysan. Men ham anoyimas,men ham shum bola, Lek, hamon men uchun sirga o'xshaysan. Asling anglolmasdan hayronman lolman, Yaxshisi o'zing ayt kimga o'xshaysan?