Coca-Cola kompaniyasi Amerikaning salqin ichimliklar bozorida yana bir g‘alabaga erishdi. Diet Coke (yoki Light Coke) deya nomlangan salqin ichimlik, ya’ni klassik ichimlikning parhezli versiyasi, AQShda sotuv hajmi bo‘yicha o‘zining asosiy raqibi Pepsini dog‘da qoldirib, ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.
Beverage Digest tadqiqot kompaniyasining ma’lum qilishicha, 2010-yilda AQShda jami 927 mln. butilka Diet Coke sotilgan. Xuddi shu davrda Pepsi esa 892 mln. butilka sotilgan.
Shuni aytib o‘tish kerakki, Coca-Cola ichimligining klassik varianti hanuz okeanorti chempionligini o‘zida saqlab turibdi. O‘tgan yilda amerikaliklar 1,6 mlrd. butilka Coca-Cola iste’mol qilishgan.
Shunday qilib, AQSh salqin ichimliklar bozori quyidagicha tartibda egallangan: Coke Diet Coke Pepsi-Cola Mountain Dew Dr Pepper Sprite Diet Pepsi Diet Mountain Dew Diet Dr Pepper Fanta