Меню сайта |
|
|
Shahsiy |
|
|
Опрос |
|
|
|
|
|
| Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Juma, 07.02.2025, 09:46 | |
|
|
Главная » 2012 » Noyabr » 9 » Jahongir Zaripov: Man shunday bir odammanki...
10:14 Jahongir Zaripov: Man shunday bir odammanki... |
Man shunday bir odammanki O'zni topmay sarsonman Man shunday bir odammanki Gox u, gox bu tomonman
Man shunday bir odammanki Bir yaxshi, bir yomonman Man shunday bir odammanki Ne sababkim omonman
Man shunday bir odammanki Rostim bor, lek yolg'onman Man shunday bir odammanki Dard bog'iga bog'bonman
Man shunday bir odammanki Yo'lga chiqqan karvonman Man shunday bir odammanki Manzil bilmas sarbonman
Man shunday bir odammanki Yurakka dard solg'onman Man shunday bir odammanki Shu gard birla qolg'onman
Man shunday bir odammanki Qaro yerday osmonman Man shunday bir odammanki Gul ko'ringan somonman
Man shunday bir odammanki Aqli raso nodonman Man shunday bir odammanki Shaytonga qadrdonman
Man shunday bir odammanki Yondirar saratonman Man shunday bir odammanki Sovuq qish qaxratonman
Man shunday bir odammanki O'zni kutar qopqonman Man shunday bir odammanki Xech otilmas vulqonman
Man shunday bir odammanki Xech to'zg'imas bo'ronman Man shunday bir odammanki Tinchiy olmas to'fonman
Man shunday bir odammanki Zug'umkor mexribonman Man shunday bir odammanki G'am qasriga sultonman
Man shunday bir odammanki Topilmas xar zamon man Man shunday bir odammanki Nechun tirik hamon man
Man shunday bir odammanki Tomchiga zor ummonman Man shunday bir odammanki Aniq, ravshan, gumonman
Man shunday bir odammanki Javobi yo'q so'rovman Man shunday bir odammanki O'z yoriga birovman
Man shunday bir odammanki Boshlanmagan tamomman Man shunday bir odammanki Adog'i yo'q davomman
Man shunday bir odammanki Goxi dard, gox darmonman Man shunday bir odammanki Kimlargadir armonman
Man shunday bir odammanki Sarg'aymagan xazonman Man shunday bir odammanki Ko'ngli yarim insonman
Man shunday bir odammanki Tingan qo'zg'olonman Man shunday bir odammanki G'ishtlari hom qo'rg'onman
Man shunday bir odammanki Jimjit shovqin suronman Man shunday bir odammanki Egasi yo'q Turonman
13.10.2012
|
Категория: Sherlar [ Стихи ] |
Просмотров: 1689 |
Добавил:
| Рейтинг: 2.7/3 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
|
Kunlik hisob-kitob |
|
|
Yangilik + |
|
|
SmS+ |
|
|
|