Men sizga tilayman dunyo umrini Baxt sevgi gulingiz bo'lmasin xazon. Bu o'tkinchi dunyoda xammamiz mexmon Armon ko'chasiga kirmang xech qachon Men baribir chidab-chidab, kulib-kulib yashayman. Sizga umr tilab-tilab, kuyib-kuyib yashayman. Bardoshlarim yetarmikan sizni yuz yil kutishga. Yo dilimga yo'l berarmikan bir umr unitishga. Siz unuting kulib-kulib beparvo ketavering . Dilginamni tilib-tilib kimnidur kutavering. O'sha kimdur suyib-suyib men kabi sevarmikan? Ayrilsada sevib-sevib sizga sher yozarmikan? Sizni doim o'ylab-o'ylab qalbini tutarmikan? Har tunda yig'lab-yig'lab tong otishin kutarmikan?