Nimadir qilishga imkonimiz bor, Yurakda sof tuyg'u iymonimiz bor. Yonaylik dunyoda,to jonimiz bor, Yurak urmoqdami yashamoq kerak! Dunyoga kelmoqlik katta baxt erur, Niyat toza bo'lsa ezgu ahd erur, Ota-onang bori toju taxt erur, Yurak urmoqdami,yashamoq kerak! Cho'qqilarni zabt etmoq uchun ham, Ko'nggil topib ash'or bitmoq uchun ham, Maqsadlar tomonga yetmoq uchun ham, Yurak urmoqdami,yashamoq kerak!