Меню сайта |
|
|
Shahsiy |
|
|
Опрос |
|
|
|
|
|
| Приветствую Вас Mehmon | RSS
WWW.SHERLAR.AT.UA
Payshanba, 05.12.2024, 07:24 | |
|
|
Главная » 2010 » Iyul » 1 » Rashkim
|
Rashkim
Seni yotlar tugul hatto — Qilurman rashk o'zimdan ham, Uzoqroq termulib qolsam Bo'lurman g'ash ko'zimdan ham.
Ko'zim yongay senga nargis — Ko'zin tiksa chamanlarda, Yashirmam, lolaga rashkim Ayon bo'lgay yuzimdan ham.
Degaylarki, charosu Ol gilos olmish labingdan rang, Labing tegsa hasad qilgum Gilos birlan uzumdan ham.
Seni jonim dedim yolg'iz, Seni qalbim dedim tanho, Chimirding qosh, pushaymonman Qo'pol aytgan so'zimdan ham.
Visol onida ko'z ochsa, Ne tong, tongdan ko'ngilda ranj, Judo qilgay meni oy yuz, Xumor ko'z yulduzimdan ham.
Senga o'n to'rtda bog'landim, Hanuz erkin bo'lolmas dil, O'zim dog'man, aql kirmas, To'zimsiz o'ttizimdan ham.
|
Категория: Sherlar [ Стихи ] |
Просмотров: 851 |
Добавил: sherlar
| Рейтинг: 3.0/1 |
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи. [ Регистрация | Вход ]
|
|
Reklama |
Telegram kanalimizga qo'shiling.
Telegram: @uzb_sherlar_uz
|
|
Kunlik hisob-kitob |
|
|
Yangilik + |
|
|
SmS+ |
|
|
|