Noming yozsam qirg’oq bo’yiga, O’chiribdi uni to’lqinlar. Qorga yozsam, baxor kunlari, Eritibdi quyosh nurlari. Noming yozsam baland qoyaga, Hech o’chmas deb qilsam men hayol. Kunlar o’tib hech ayamasdan, O’chiribdi yomg’ir va shamol. So’ng nomingni bitdim qalbimnga, Endi hech kim o’chira olmas. Hech qanday kuch nomingni aslo, Yuragimdan ko’chira olmas.