Xalil Rizo Jahon she'riyati - Ozarbayjon she'riyati Halil Rizo Uluturk (1932-1994) Ozar shoiri va davlat arbobi. YURTIM UCHUN Bir majlisda unutildim. May ichdilar har kelganning sog‘ligiga, Har ketganning sog‘ligiga. May ichdilar Sohiliga bizlar qo‘ngan Moviy ko‘lning sog‘ligiga. May keltirgan sho‘x go‘zalning sog‘ligiga, Gulshandagi qizil gulning sog‘ligiga, Xush qadamli oyning, yilning sog‘ligiga. May ichdilar... Pichirladim o‘z-o‘zimga Ey do‘st, sening sog‘ligingga! To‘rtta ummon qurshab olgan Buyuk elning sog‘ligiga, Sovolonu Qo‘chqor kabi Yuksak tog‘lar sog‘ligiga, Boqqaningda havas qo‘zg‘ar Sochi oqlar sog‘ligiga. Qttiz yillik kurashlarda Bir asrlik yo‘l kechding sen, Lekin ortga qaytganing yo‘q. Birovlarga qul bo‘lmading, Quldek qulliq aytganing yo‘q. Bosa-bosa labimga bu piyolani, Ichaman ol shalolani Ey do‘st, sening sog‘ligingga. Sen shundayin burgutsanki, Uchmog‘ing bor, qo‘nmog‘ing yo‘q. Sen shundayin o‘choqsanki, Yonmog‘ing bor, so‘nmog‘ing yo‘q. Sen shundayin yo‘lchisanki, Maslagingdan qaytmog‘ing yo‘q. Birovlarning shavkatini Ko‘rib uzr aytmog‘ing yo‘q... Kechirsinlar do‘stlar meni, May to‘la bu piyolani Ichdim sening sog‘ligingga, Yurtim, sening sog‘ligingga.
|