Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Sevgi va Muhabbat orasida farq bormi?

Barcha javoblar: 597

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Juma, 03.05.2024, 10:52
Главная » 2008 » Dekabr » 14 » Sevgi Monologi by SevGi_UsToZi
22:05
Sevgi Monologi by SevGi_UsToZi
Sevgi-oliy tuyg`u! sevish baxt, sevilish omad. Men baxtliman-seni sevdim. Sen oily ishq bo`lib yuragimni zabt etding! Qorong`u dunyoni yoritding. Bu qadar yonib sevilishimga bois nedur? Bunga o`zing sabab. Qudratingga ta`zim etaman. Mendek mag`rurni huzuringda boshim egilishiga erisha olding. Sen har tomonlaman go`zalsan! Zero, go`zallik oldida beixtiyor har qanday zot ham tiz cho`kadi, bosh egadi, ta`zim aylaydi. Men ham sendek go`zal bo`lishga intilaman. Ma`nan, qalban, aqlan go`zal bo`lgim keladi. Sen qudratmisan. Toshga ham jon baxsh eta oladigan kuch bor senda. Istasang cho`lni guliston aylaysan. Sening qudratingdan osmon ham pastlaydi. Yo`qni bor qilganingda, "Yo qudratingdan", deya yoqa ushlayman. Senga bo`lgan muhabbatim ortadi yana. Mehru-muruvvatimsan! Mehring jonlarga jon bag`ishlay oladi. Istasang, tiriltira olasan, mehru muruvvating qarshisida lolu hayronman. Sen sinovchisan! Sinalmaganning sirtidan o`tmaysan. Mayli, siznab ko`r, sinayver, bardoshim yetadi. Zero, bardoshimning kuchligi ham sendan meros!
Besanoq fazilatlaring ichidan eng yaxshisi kechirimliging! Sen kechira olasan "Otangni o`ldirganingga onangni ber" degan ibora ham kechirimlilik ulug` fazilat ekanligiga ishora emasmi?! Bu esa hammaning ham qo`lidan kelavermaydi. Zotan, bu fazilat senda to`la-to`kis namoyon bo`ladi. Shu bois ham seni sevamanda, ey buyuk fazilat sohibi. Baxtim qo`limda-sevdim, sevoldim. Ammo sevilish, sevimli bo`lish dushvor: senga yoqish uchun, muhabbating qozonish uchun, ne qilay, ey qo`lim yetmas ulug`im! Nazaringga tushmoq uchun ayt nima qilay! Huzuringga bormoq yo`lini ayt, qandoq boray? Savolimga yana o`zim javob topaman. Nazaringga tushmoq uchun go`zal bo`lman. Butun vujudim go`zallik sari intiladi, fikrim, o`yim, qalbim tozaradi, go`zal bo`ldi. Ko`rgan ko`zni quvontirar darajada bo`laman. Kiygan libosim bejirim va orasta bo`lishiga intilaman. Ha, senga yoqish uchun har tomonlaman go`zal bo`lish orzusi qalbimni zabt etadi. Ana o`shanda omad kulib boqadi. Sevilmoq baxti muyassar bo`ladi.
Sevgi shunday sehrli kuch ekanki, donishmand murabbiydan ham yaxshiroq tarbiyalay olarkan insonni. Ha, ana shunday buyuk sevging meni komil inson bo`lishga chorlab turibdi. Sengga yoqish uchun noyob fazilatlarni o`zimda mujassamlantirsam deyman. Muhabbating qalbimda o`chmas alnaga yoqdi, ana shu otash yuragimni lovullatyapti, u lov etib yonib, farrov o`chib qolmaydi. Balki so`nmas olov bo`lib gurullab yonaveradi. So`zimga ishon! Men shunchalar yonib sevdimki: kuya bo`lib qolishdan qo`rqaman, xolos. Atrofga boqsam, sening nigohingni sezaman. Erta tongda quyosh, sen bo`lib, kulib boqadi. Meni gullar chiroy ochib, muattar hidlarni taratib muborakbod etadi. Meni qushlar yoqimli sayrab ko`nglimga kuy, navo bag`ishlaydi. Ha, sening sevging shunchalar segrli! U olamni jozibador, maftunkor aylaydi. Hayotga muhabbat uyg`otadi. Ha, ana shunday otashin sevgi sehrlasin har bir yurakni, deya jar solgim keladi. Yo`l o`rtasida katta bir xarsang tosh yotibdi. Men bundan ranjimayman. Axir unga ham nigohing tushganda. Asta avaylab, chetga olib qo`yaman. Undan ham yaxshi bir xislat topaman. Bu tosh "xislatli tosh" deb qo`yaman. Salbiy holatdan ham ijobiy fazilat topgim keladi. Bu ham sening sevging tyfayli emasmi?!
Yaqinda bir go`zal dardini doston qilib qoldi. "Men uni shunchalar sevamanki, bu dard yuzimni za`faron, yuragimni qorong`u qilib qo`ydi. Shu dard meni o`ldiradi: Yo`q, yo`q, azizam bu dard hayotbaxsh dard, seni hayotga qaytaradi. So`nayotgan yurak olovini gurullatadi, senga katta hayot bag`ishlaydi dedim. Nahotki deya taajublandi u. Buning uchun o`zingda o`zingda qudratli kuch paydo qildi. Shunday dard ato etilganiga shukr qilgin, shukronalar ayt! Sevgi dardi ilohiy dard, yuragi butunlarga, qalbi tozalarga beriladigan dard bu. Sen unga loyiq bo`lishga harakat qil. Irodangning kuchliligini isbotla. O`zligingni, fazilatlaringni namoyon qil. Ana o`shanda sezasan sevgi nimaligini "Yaxshi, yomon amallaring ajrimi bor albatta, bu olamda" dedim. Ana shu so`zlarning o`ziyoq hayot bag`ishlaydi unga. U o`zini qushdek yengil sezyotganligini aytdi. Ha, sevgi shunday bir olovki, unga tengdir shoh, gado. Uning otashi yurakni yondiradi. Men ana shu otash taftidaman. Sen buyuk tabibsan, mening najotkorim, sendan davo kutaman, dardimga davo. Jamoling nasib qilishiga mushtoqman. Ana shu ulug` istak, noyob tilak qalbimni zabt etganligidan masrurman, mastman. Visol onlari qanchalik hayotbaxsh bo`lsa, uning ilinjida yashamoq ham nurga, ham ziyoga talpinmoq kabi azizu mukarramdir. Chashmaga intilgan tashna qalb misol visolingga yetmoqlik orzusi kuch bag`ishlab turibdi. Vujudimga muhabbatning qudrati ham ana shundanda chorasiz qolganimda ham senga suyanaman. Jumboq to`la hayotda qoqilmay yurishim ham seb tufayli. Anglab bo`lmas dunyoning sir-sinoatlari, senga bo`lgan aziz tuyg`ularim qarshisida lang ochilib ketadi, sehrini yo`qotadi. Jo`shqin muhabbating bilan tepayotgan yuragim, jamiyatdagi barchaga-oliy hilqat bo`lgan insonga ana shunday buyuk va mo`tabar, otashin sevgi nasib etsa edi, degan ulug` tuyg`u bilan urib turibdi.
Qani edi ongli zotning barchasida ham shunchaki yashamoqlik, shunchaki sevmoqlikka emas, balki haqiqiy, ilohiy muhabbatnasib etsa. Ana o`shanda ular ham men kabi hayotda bor bo`lmoqlikning, visolga yetmoqlikning naqadar oily ne`mat ekanligini bilib oladilar. Ana shunday hayotbaxsh tuyg`u zabt etsa edi yuraklarni. Ijobatli bo`lsa edi, bu orzu-tilaklarning. Yashasin oliy tuyg`u!
Категория: MONOLOG | Просмотров: 1605 | Добавил: | Рейтинг: 3.0/2
Всего комментариев: 1
25.12.2008
1. shahzodochka [Материал]
zo'r gap bo'lshi munkun emas ko'proq yozila ok

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024