Endi sizga etmas qo`lim, Ketdingiz siz mendan o`zoq. Peshona deb qoldim netay, Taqdir bizni etdi yiroq. Qorong`udir qayda xayol, Yo`ldosh bo`ldi menga firoq. Utar kunim hijronlarda Sizsiz endi yashay qandoq? Nechun bizni ayirdilar Yo`llarimiz endi so`qmoq. Nahot endi armon bo`lsa Sizga to`yib-to`yib boqmoq. Endi sizga etmas qo`lim, Taqdir bizni etdi yiroq. Endi o`zga choram yo`qdir Ishim-sizga baxt tilamoq. endi sen faqatgina BAXT tilaysan unga, uzun bedor tunlar o`zra oyga termulib. Oyga termulasanu, beixtiyor oy senga sevgiling nigohlari ham unga termulib turganligini shivirlayotganday bo`ladi. Shunda u bilan dardlashging, yuragingni unga to`kib solging keladiyu, afsuski endi buning iloji yo`q. endi u o`zga bir insonning yurak dardlarini tinglayotgandir, balkim. Ko`zing osmon o`zra armonlar zarbidan har yoqqa sochilib, sening kabi unsizgina ngrab, xiralashib borayotgan yulduzlardayu, qalbing esa davosi yo`q yurak dardiga darmon axtaradi, armonli qo`shiqlardan. Lekin endi sadolari ostida uni o`ylaydigan qo`shiqlarni eshitsang yuraklaring orqaga tortib ketadi. Avvallari sen uni shirin xayollar og`ushida o`ylasang, endi esa qalbingning qaysidir bir chekkasida alam bilan xotirlaysan. Bazilar baxtli bo`lish uchun birga bo`lish shart emas deb o`ylaydilar. Ammo, menimcha, qachonki sevgiling bilan birga bo`lsanggina baxtli bo`lishing mumkin. Usiz baxting kemtik bo`lib qoladi. Hatto eng baxtli kuningda ham yuragingning bir chetida uchmaygina qalbing o`zra shirin xotiralarning achchiq azobi girdobida nido o`rayotgan o`sha bevafo yodi yuragingni tirnab utadi. Endi senga birgina narsa taskin berishi mumkin, u ham bo`lsa, uning baxtli, sog`-salomat, omon ekanligi. Bora-bora bu taskinlar sening unga bo`lgan tilaklaringga aylanadi :