Men seni sevaman, sevaman seni, Bag'rimga bosaman avaylab gulday. Koshkiydi tasavvur etolsang meni, Malika poyiga yiqilgan qulday... Men seni kuylayman, kuylayman seni, Satrlar safiga qo'shib olganday... Men seni o'ylayman, o'ylayman seni, Sen ketib, go'yo men yolg'iz qolganday... Men seni sevaman, sevgim sir emas, Sevgim tiniqligi xuddi kunduzday... Seni bir boqishing o'zi ming havas, Ko'zlaring ko'zimga qo'ngan yulduzday... Men seni kuylayman qo'rim boricha, Qalamim nuqtada sinmasa basdir! Men seni sevaman umrim boricha, Yuragim bemahal tinmasa basdir!
|