Меню сайта

Shahsiy

Oddiy chat

200

Опрос
Sizni yoshingiz?
Barcha javoblar: 1064

Главная

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Mehmon | RSS


WWW.SHERLAR.AT.UA


Payshanba, 09.05.2024, 11:48
Главная » QO'SHIQ MATNLARI !
Otabek MUTALXOJAYEV
Netayin

Bo'lmagandek ahdu paymonalar,
Bo'lmabmidim senga parvonalar,
Ayladilar bizni begonalar,
Tengingmas deya.

Ketding azoblarga sola-sola,
Ko'zlarim yolingda tola-tola,
Unutarman balki bora-bora,
Ko'nib boriga.

Naqorat:

Taqdirimizda bitmishdir Hudo,
Sevib-sevib bo'lmoqni judo,
Aytish kerak alvido, ammo,
Bitta muammo.

Netayin, ko'ngil, ko'ngilga payvand,
Netayin, hayol, hayolingla band.
Netay tushunmas quloqsiz yurak,
Seni der faqat.

Yashir ko'z yoshing bardoshing bilan,
Topaqol bahting bardoshing bilan.
Ne ham qilarding qiz boshing bilan,
Ko'ngin boriga.

Yaxshi qizlar shunday o'tadilar,
Ota amrin bajo etadilar
Hatto hayr demay ketadilar,
Sevgan yoriga.

Naqorat:

Taqdirimizda bitmishdir Hudo,
Sevib-sevib bo'lmoqni judo,
Aytish kerak alvido, ammo,
Bitta muammo.

Netayin, ko'ng ... Davomi »

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1174 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (1)

Alisher Fayz “Yana-yana”

Hayotimga bahor keldi yana-yana,
Yurak senga xumor bo`ldi yana-yana,
Sog`inganim nigorim qani-qani?
Visoliga devona qildi mani.

Xazonlarday devonalar qilib-qilib,
Har onimda orzularga to`lib-to`lib
Ne sababki unutdim tabassumingni,
Kulishni o`rgat menga kulib-kulib

Oydan-da go`zal, kundan-da go`zal,
Qara sevgilim sevgimiz go`zal.
Devonalikda Majnundan o`zar
Qara sevgilim sevgimiz go`zal.

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1142 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (1)

Bevafo Ozoda Nursaidova

Ishqi menga kuch bergan ojizimsan sen o’zing
Dilim qadrin bilmagan azizimsan sen o’zing
Sendan kechgandan ko’ra jondan kechmoq osondur,
Shirin jonimdan shirin yolg’izimsan sen o’zing.

Rahm qilmaysan nahot ne kechdi deb dilidan,
Kapalak ham kelib hol so’raydiku gulidan.
Sitamlar etsam hamki umidlarim o’lmadi,
Bir tutam cho’g’ so’rayman muhabbatning kulidan.

Bevafo, bevafo, dardlarim yengaman,
Aylasang ham jafo oh nechun sevaman?

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1038 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Ko’ngil Ozoda Nursaidova

Yig’layotgan bulbul, so’nayotgan gul
Bu mening sevgimdir yayramagan qul
Bo’stonimda kuldur,bahorimda kul,
Kel endi bir to’yib yig’laymiz ko’ngil

Yorimdan ayirdi yor-yor navosi,
Ko’z oldimdan ketmas ko’zi qarosi.
Chorasiz dardlarni shudir jazosi
Kel endi bir to’yib yig’laymiz ko’ngil.

Bizni kutmayapti visol bog’lari,
Ustimizdan kular hijron zog’lari.
Ketsin bu yurakning sariq dog’lari
Kel endi bir to’yib yig’laymiz ko’ngil.

Yonimga kelinglar yordan judolar,
Avrasin samodan kelgan sadolar.
Bizdan yuz o’girib ketdi vafolar,
Kel endi bir to’yib yig’laymiz ko’ngil.

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1211 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 2.0/1 | Izohlar (0)

Unut Ozoda Nursaidova

Sensiz jonim bir kun, bir on yasholmasman,
Ayriliqqa senla hecham chidolmasman.
Orzularim o’rnida bir armonimsan,
Kechir yorim men seniki bo’lolmasman.

Qalbim yig’lar ko’zim kulib tursa ham,
Bir suratman yurak urib tursa ham.
Azoblardan ruhim o’ldi ichimda,
Unut meni senga og’ir bo’lsa ham.

Unsizgina nolib yana,
O’z dardida qolib yana.
Seni esga solib yana ,
Yig’lar yurak, yig’lar yurak.
Unut o’tgan kun kabi,
Unut o’tgan tun kabi.
Yolvoraman unut, unut,
Ortda qolgan yo’l kabi.

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1168 | Sana: 01.02.2009 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

"Shoxrux - Don't Stop"

Verse 1:
Bir marta tomonima boqib, mani qanaqaligimni bilmasdan turib
Muhokoma qilaverish, kamida gapni kopaytirish degani umuman odobdan emas
Tak, iltimos kerak emas, u manaviyatu-marifat
Yanada falsafa borasidagi omillardan dars berish, huddi bir qarz berish
Odatda mana bunday aslida, tilda boru bog`u rog`u tilda tog`u har holatdagi qalbaki tabbassum
Hushomad, dilda esa ming afsus bu narsalarning teskari tomoni misoli yetib ortadi hasad
Boshqasini muhokama qilishga umuman yo`q hojat, bazilar yoqtirmayotganini aniq-ayyon
Qilib tortadilar Diqqat! e qo`y yomonlikga-yomonlik, [i wanna be bad boy]!

Chorus:
Don't Stop, i wanna be bad boy
Go Go, i hate you M-and-F [mothafuka]
Don't Stop, enemy number one
Go Go, De Deng De Deng - [2 times]

Verse 2:
Unutguvchi bo`lish onson, tafakkur qilib odamiy bo`lish qiyindan-qiyin bo`lgan holat
Oshadi harorat, aqlining qay tomonga ravon bo ... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1392 | Sana: 25.12.2008 | Reyting: 1.0/1 | Izohlar (2)

ONAIZOR
Muhammad Yusuf she'ri

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Sig`may qolsam shunday keng bu jahona,
Osmonlarga ruhim bo`lsa ravona,
Jonsiz tanim ustida ham parvona –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Tonar bo`lsa qo`limdagi tor, dunyo,
Uch kun o`tmay unutgay do`st-yor, dunyo.
Yeru ko`kni titratib zor-zor, dunyo –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Gulday kulib yurmasmidi, o`g`lim deb,
Ko`rib ko`nglim to`lmasmidi, o`g`lim deb,
Onang o`lsa bo`lmasmidi, o`glim deb
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Ko`nglim qolsa bulbuldan ham guldan ham,
Qolar bo`lsam bir kun axir tildan ham…
Agar bir zot yig`lasa chin dildan ham –
Ona yig`lar, ona yig`lar, ona u…

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2579 | Sana: 17.12.2008 | Reyting: 5.0/2 | Izohlar (1)

KO`KLAMOYIM
Muhammad Yusuf she'ri

Sochimda oq, men bahordan o`tindim:
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.
Qor qo`ynida seni qo`msab o`kindim,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`nglimga ko`k binafshalar sochilsin,
Kokiliga tolpopukdan soch ilsin,
Boychechakka borar yo`llar ochilsin
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Kel-da, endi sog`intirmay odamni,
Sen yo`g`ingda bir g`am bosdi yelkamni,
Qorlar kurab ko`mib keldim otamni...
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Ko`king bilan kiyintiray dalamni,
Oyoqyalang suyuntiray bolamni,
O`zing olgin ko`ksimdagi alamni,
Ko`klamoyim ko`kingdan ber bir chimdim.

Jon ustiga asrab yuray ko`kni men,
To`yib-to`yib ko`zga suray ko`kni men.
Yana senga yetamanmi-yo`qmi men,
Ko`klamoyim, ko`kingdan ber bir chimdim.

Dil yayrasin dala dashting yasanib,
Yalpizlaring suv bo`yiga yastanib,
Ikki misra bayt bitay bir maqtanib ... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2090 | Sana: 17.12.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (0)

Seni hech kim sevolmaydi meningdek:
Vaslingga zor bu oshiqlar, ehtimol,
Poyingga tiz chokib yiglar, ehtimol,
Lekin sodiq bololmaydi meningdek!..
Aldanma yor, aldamchilar makriga,
Malak bolma bevafo ishq shahriga,
Ular seni bir bossa bas bagriga,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Yoling kesib otsam - ozim hijolat,
Uzoqdan bir seni korsam kifoyat,
Bir nigohing ozi menga inoyat,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Joningga jon bolmayman-u, sevaman,
Yoningga bir kelmayman-u, sevaman,
Ismingni ham bilmayman-u, sevaman,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek.

Sen kokdagi harir koylak, hur-pari,
Kok koldagi tinib qolgan suvpari.
Muhammadning konglidagi dilbari,
Seni hech kim sevolmaydi meningdek

Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1285 | Sana: 14.12.2008 | Reyting: 2.5/2 | Izohlar (0)

 Bak ne diyorum,gizlemiyorum,sensiz yasamak zor geliyor bana. Her an icimdesin,her an kalbimdesin,seni seviyorum seviyorum Sen yasayamam,sensiz hic olamam,sensiz yasamak zor geliyor bana. Her an icimdesin,her an kalbimdesin,seni seviyorum seviyorum.
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 908 | Sana: 14.12.2008 | Reyting: 0.0/0 | Izohlar (2)

DALER - OYIJON qo'shig'i matni !
 
 
Oyijon siz go'yoki sirli yulduzga o'xshaysiz
Kechalari uzoqdan kelar ovozingiz
Doim  sizni hayolda chizaman yuzingizni
Yaqin eshitgim kelar ovozingizni
Kun kelib oyijon men katta bo'lganimda
Sizni o'ngimda ko'rganda.....
Men doim-o   orzuqib  kutar o'sha baxtli kunda
O'glim desangiz bas o'shanda
 
... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 1390 | Sana: 16.11.2008 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (0)

Nargiza - ALVIDO qo'shiq matni ( Shabnam kinofilmga aytilgan soundtrack )
 
Verse 1   ( 1 - kuplet )
Jonginam ketaman alvido
Yurakdan to'kilar bir sado
Bizlardan qolgani shu nido
ALVIDO ALVIDO ALVIDO
Nahotki sarobdur ahtimiz
Sevgimiz orzumiz baxtimiz
Shunchalar ham omonat taxtimiz
ALVIDO ALVIDO ALVIDO
 
... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2094 | Sana: 16.11.2008 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (2)

  Shahnoz - Ko'ringin  qo'shig'i matni :
 
Verse1 :  1 -kuplet
Seni ko'ray degan kun kelarman deb
Intizor bo'lib kutaman har kuni
Seni ko'rdim quvondim lekin endi
Yana qachon ko'rar ekanman seni
Ko'zlarim yo'lingda sen esa menga
Qanchalar azizliging  bilmaysan
Yagona bu umrimda yagonamsan
Buni hayollingga ham keltirmaysan
 
... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2242 | Sana: 16.11.2008 | Reyting: 5.0/1 | Izohlar (0)

Ишонаман айтганларинг самимий бари
Лекин бирдек тутолмаймиз майли рагбатни
Эхтироснинг махсулидир ахд ила паймон
Аммо уша олов бир кун сунар бегумон
Бутогдаги мева роса пишгандан кейин
Бир кун ерга шарт узилиб тушмоги тайин
Яшаш учун касамларни унутиш лозим
Касамларки шоша пиша ичамиз доим
Ёлгиз битта рагбат учун яшамаймиз бас
Алмашиниб турар бизда иштиёк хавас
Алвон –алвон суратида севинч ва кайгу
Бир-бирини совуради суради ёху
Севинч дея куринади кайгуга хира
Кайгуниинг хам севинч билан иши йук сира
Хамма нарса муваккатдир фонийдир хайхот
Кайдан етсин мухаббатнинг умрига сабот
Ким кимники хали буни ечмок керакдир
Такдирни ишк юритарми ё ишкни такдир
Йикилганда дустларинг хам юзам угирар
Юксалганда душманларинг дуст булиб турар
Хуш нимадир атайми ётасодифм бу
Ким дустдан безор булса унинг дусти мул
Дустга мухтож булиб дустни уйлаган одам
Охир душман килиб куяр ёлгиз дустни хам
Бошлагандим у ... Davomi »
Bo'limlar: QO'SHIQ MATNLARI ! | Ko'rildi: 2326 | Sana: 25.10.2008 | Reyting: 3.7/6 | Izohlar (8)

« 1 2 3
Reklama
Telegram kanalimizga qo'shiling.

 Telegram:         @uzb_sherlar_uz

Kunlik hisob-kitob

Yangilik +
Sherlar [ Стихи ] [637]
Eng sara sherlar !
SMS - [ СМС ] [307]
OBSHIY SMS !
SEVGI SMS [ СЕВГИ СМС ] [217]
SEVGI BU HAYOT :)
HAZIL SMSLAR [114]
HAZIL SMSLAR--- KULING KULING !
TABRIK SMSLAR [6]
TABRIK- QUTLOV SMSLARI
HAYOTIY MASLAHAT [146]
HAYOTIY SMSLAR !
QO'SHIQ MATNLARI ! [44]
QO'SHIQ MATNLARI
LATIFALAR [45]
=)
YANGI - YIL TABRIKLARI (NEW) [8]
YANGI - YIL TABRIKLARI
Yangiliklar [36]
Barcha Yangiliklar
Русские смски [27]
Русские смски
Прикол Смски [6]
Прикол Смски
SMS POZDRAVLENIYA [1]
SMS POZDRAVLENIYA
MONOLOG [20]
MONOLOGLAR
MUSIQALAR [7]
UZ - RUS - ZARUBEJ MUSIQALAR
ABDULLA ORIPOV [3]
ABDULLA ORIPOV SHERLARI
Mulohaza [17]
Bahs va Mulohaza!
AFORIZMLAR [7]
Все афоризмы Афоризмы по темам Афоризмы по авторам Авторы Афоризмы дня
MP3 [26]
MP3-BAZA
Nokia [3]
Nokia uchun
Smartfon [0]
Smartfon uchun
Одноклассники [22]
прикольные статусы для одноклассников
Фото Приколы [2]
Приколы, юмор, и смешные
Богатство [14]
Богатство
Время [4]
Время
Деньги [4]
Деньги
Дружба [0]
Дружба
Жизнь [0]
Жизнь
Любовь [1]
Любовь
Психология [1]
Психология
Характер [0]
Характер
Barhayotlik uchun kurash [5]
Keksalik haqida [4]
Yoshlik haqida [3]
Yoshlik haqida
Kutubxona [1]
Kitoblar
Topishmoqlar [5]
Topishmoqlar
Рефераты - Referat [1]
Referatla
Dildagi hikoyalar [6]
Surayyo Qodirovaning hikoyalari

SmS+

Copyright MyCorp © 2024