Siz sheriyatga qiziqasmi? O'zingiz hech sher yozganmisiz? Balki sheriy kitob nashr qilgandursiz? Unda siz uchun alohida bo'lim ochiladi ! U yerda barcha yosh Shoir va shoiralarning sherlari qo'yiladi. Albatta siz haqingizda ham yoziladi. Unda shoshiling , o'z sherlaringizni bizga yo'llang ! mail : no-xakker@mail.ru BIZ SIZNI KUTAMIZ !
Yurak yig'layapti jonim titroqda, Qalbim egasi mendan yiroqda... Qanday yashayapman bilmam firoqda, Olislarda yurgan begona sevgim... Balki eslarsiz har zamon, Lek ruhim uchadi doim siz tomon. Men sizni sog'indim, sog'indim yomon, Yiroqlarda yurgan begona sevgim...
Armon O'zim bilib-bilmay ko'p gunoh qildim, Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'kka tikilib, Maysalar ustida, gulning tagida... Yashashdan charchadim, zerikib ketdim, Mening tor ko'nglimga sig'mas bayramlar. Dilimga ilonning tillari yetdi – Po'st tashlab, turlanib yurgan nayranglar. Endi kun ko'rishim qiyindan-qiyin, Endi havolar ham og'irdan-og'ir. Achchiq-achchiq yig'lab, yo'l yurgan sayin Uzun-uzun bo'lib sudralar xotir. O'zim bilib turib, ko'p gunoh qilib Ko'proq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lmasmidi ko'zlarim tinib, Suv ichgan chog'imda qizning kaftidan. Endi meni qiynar qiyoqning guli – Nozik kapalakning hidsiz qanoti. Endi meni qiynar vaqtida o'lib, Meni obketmagan do'stimning yodi. ... Ona, junjikmangiz sovuq so'zlardan, Men endi o'lmayman, yig'lamang yana. Faqat maqtov kutib suzuk qizlardan Yolg'on she'rlar yozib charchadim, ona. Faqat o'zim bilmay ko'p gunoh qilib, Mo'lroq yashab qo'ydim mo'ljaldagidan. O'lsam bo'lar ekan ko'zlarim kulib, Belanchak ichida, tolning tagida...
ONA Men nima topibman, dunyoga kelib? Sizdan-da sevimli, sizdan-da aziz. Ko'z-ko'z qilmoqlikka ,maqtashga arzir, Savlatim ham sizsiz, davlatim ham siz!
Yonimda bo`lmasang ham hayolimda bo`lib tur, Olislardan olisim ahvolimni bilib tur. Sog`inganda yuragim bardoshingdan berib tur, Bittagina tilagim tushlarimga kirib tur.