Bu kunlar o'tib ketar,
Yoshlik ham qolib ketar.
Sevgi go'zal bog'ida,
Sevganlar sayr etar.
Sevgi faqat baxt emas,
Doim quvonch shod emas.
G'am-g'ussasi bor uning,
Qiynoqlarin zo'r biling.
Sevgi biling hech qachon,
Molu-davlat o'ylamas.
Shoxu-gado kimligin,
U hech qachon so'ramas.
Men ham sevdim do'stlarim,
Kimligin hech so'ramang.
Osmondagi oy demang,
Oshiqlarin oz demang.
kulsa uning yuzidan,
So'zlaganda so'zidan.
Oshiqlar yonib ketar,
Ishqida kuyib ketar.