Bu kunlar o'tib ketar, Yoshlik ham qolib ketar. Sevgi go'zal bog'ida, Sevganlar sayr etar. Sevgi faqat baxt emas, Doim quvonch shod emas. G'am-g'ussasi bor uning, Qiynoqlarin zo'r biling. Sevgi biling hech qachon, Molu-davlat o'ylamas. Shoxu-gado kimligin, U hech qachon so'ramas. Men ham sevdim do'stlarim, Kimligin hech so'ramang. Osmondagi oy demang, Oshiqlarin oz demang. kulsa uning yuzidan, So'zlaganda so'zidan. Oshiqlar yonib ketar, Ishqida kuyib ketar.
|