Men o’zi kimman
Tomchiman, bulutda osilib turgan,
Hayolman, hohlagan kishilar surgan.
Qadamman, manzilin bilolmay yurgan,
Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman!
Buloqman, suvlari yerga sig’magan,
Nolaman, tunlari qalbni tig’lagan.
Ko’z yoshman , to’lishib, unsiz yig’lagan,
Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman!
Ariman, bol izlab gullarni kuchgan,
Burgutman, samoda maqsadsiz uchgan.
Qirg’oqman, dengizdan taxir suv ichgan
Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman.