Men o’zi kimman Tomchiman, bulutda osilib turgan, Hayolman, hohlagan kishilar surgan. Qadamman, manzilin bilolmay yurgan, Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman! Buloqman, suvlari yerga sig’magan, Nolaman, tunlari qalbni tig’lagan. Ko’z yoshman , to’lishib, unsiz yig’lagan, Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman! Ariman, bol izlab gullarni kuchgan, Burgutman, samoda maqsadsiz uchgan. Qirg’oqman, dengizdan taxir suv ichgan Aytinglar, men o’zi, hayotda kimman.
|