ESLAGIN MENI Qalbimda jo’sh urar ajib bir tuyg’u, Goh ko’zga yosh kelar gohida kulgu. Yurak qonimdan sen yaralgan qayg’u, Qaylarda bo’lsang ham eslab yur meni. Otang yor tanlasa o’zgani suyib, Biz esa yashasak sevgidan kuyib, Visol chog’i bir bor yodingga tushib, Yosh to’kib, sog’inib eslagin meni. Kun kelib vadalar unut ham bo’lsa, Eng yaqin do’stlarim ustimdan kulsa. Ajal bevaqt kelib jonimni olsa, Sog’inib, sog’inib eslagin meni. Yig’lab yig’lab dardimni aytsam men senga, Sen ham vos kechib “Ket” desang menga. O’lmayin kafanim ilsang bo’ynimga, Yosh to’kib, yosh to’kib qumsagin meni. Gul chiroying ohi samoni tutib, Qiynalsam jon chiqmay bir seni kutib. Shunda ham kechirsang alaming yutib, Zor yig’lab, zor yig’lab eslagin meni.
Taqdir lavhasida hukmim bo‘lg‘onda, Maylimga yozardim, uni shu onda. Qayg‘uni dunyodan yo‘qotib butkul, Shodlikdan bo‘lardi boshim osmonda.
Shoir insonni o‘z hayotida taqdirning qiyinchiliklariga chidamli bo‘lishga undaydi. Uning qalbidan chiqayotgan nay sadolari gohida g‘amgin, gohida esa quvnoq tuyuladi:
Desalar mayparast, xuddi o‘sha men, Desalar fosiq, mast, xuddi o‘sha men. Sirtimga bunchalar qarama, dilim — Bo‘lsa toza yo past, xuddi o‘sha men.