Taqdir lavhasida hukmim bo‘lg‘onda, Maylimga yozardim, uni shu onda. Qayg‘uni dunyodan yo‘qotib butkul, Shodlikdan bo‘lardi boshim osmonda. Shoir insonni o‘z hayotida taqdirning qiyinchiliklariga chidamli bo‘lishga undaydi. Uning qalbidan chiqayotgan nay sadolari gohida g‘amgin, gohida esa quvnoq tuyuladi: Desalar mayparast, xuddi o‘sha men, Desalar fosiq, mast, xuddi o‘sha men. Sirtimga bunchalar qarama, dilim — Bo‘lsa toza yo past, xuddi o‘sha men.
|