Universitetda psixologiya darsi. Prefossor kirib keldi va darsni boshladi. - Xurmatli talabalar bugun sizlar bilan insondagi 3 xil xolat haqida gaplashamiz. Birinchisi xayron qolish, ikkinchisi achchig'lanish, uchinchisi jaxl chiqish. Men buni sizlarga xozir dalillar bilan tushuntirib beraman, - dedida yonidan cho'ntak telefonini olib bir nomerga telefon qildi. - Allo, assalomu alaykum, Shuxrat uydami? - Yo'q, kechirasiz Siz adashdingiz chekilli, bu yerda Shuxrat yashamaydi?! Endi ikkinchi xolat achig'i chiqish, - deb yana o'sha nomerga telefon qildi. - Allo, yaxshimisiz, Shuxrat ishdan keldimi, uydami? - Men sizga xozir aytdim, Shuxrat bu yerda yashamaydi, nomerda adashyapsiz chekilli? Endi uchinchi xolat jaxl chiqishi, - deb yana o'sha nomerga telefon qildi. - Allo, Shuxrat qanaqa bola o'zi, uyda turadimi yoki doim ko'chada yuradimi? - Qanaqa odamsan o'zi, necha marta aytish kerak Shuxrat bu yerda yo'qqq. Nima garangmisan yo gapga tushunmaysanmi... - Xo'sh, kimda savollar bor? - Menda savol bor, - dedi bir talaba. - Xo'sh nima savol aytingchi. - Domla siz to'rtinchi xolatni aytmadingiz. - Qanaqa xolat ekan. - Gangitib qo'yish xolati. - Xozir, dedida professor xaligi talaba oldiga keldi va yana o'sha nomerga telefon qildi. Trubkadan shunday javob eshitildi. - Allo, assalomu alaykum, men Shuxratman, meni xech kim telefonda so'ramadimi...
|