Главная » 2009»Mart»9 » MeNi O'lGaN SeVGiM... KaMTaRiN_QiZALoQ_{_MuNiSa_}
17:45
MeNi O'lGaN SeVGiM... KaMTaRiN_QiZALoQ_{_MuNiSa_}
Tunda derazaga nedir urilar. Nedir uvillaydi iltijo etib. Nimadir tinimsiz chekadi nola: -Bag'ringizga oling, Dodimga etib. Siz uni o'ylaysiz shamoldir deya. Va loqayd boqasiz derazadan jim. Bu men bag'ringizga kirish qasdida. Nola, iltijo-la kezgan <MuNiSa> Uxlashga yo'l qo'ymas yovuz bedorlik. Ruxingizni azoblar ko'z yosh yomg'irlar. Shunda derazangiz mungli va zorli. Oxista-oxista chertar tomchilar. Yana o'zingizni aldaysiz shu payt, O'ylaysiz, oxista deysiz;-Bu yomg'ir. Bevafom. bunchalar bo'lmang bag'ritosh. Yig'lab ko'z yosh to'kkan bu men-ku, axir! Yana sukunatga solasiz quloq. Nedandir tashvish-la olasiz xadik. Sokin tun qo'ynida, Qandaydir shu on. Qulog'ingizga bir sas kelar--duk-duk. Bu qalbim ovozi. O'z ko'ksimda-ku. Deya o'zingizni aldaysiz shu dam. Bu men . tunlar bedor tashlagan qadam. Osmonda yulduzmas, mening ko'zlarim, Mayin shamol emas, U mening oxim! To tiriksiz, sizni etarman taqib, Mening o'lgan sevgimning Notinch arvohi...