Kimdir oshkor
tan oladi,
Tahsin o`qir shukrona.
Kimdir seni sir tutadi
O`tda yonar pinhona.
Kimlarga sen kulib boqding
Tepkilaydi mastona.
Kimlar uchun osmondasan
Sig`inadi devona.
Anglolmadik to abad,
Anglolmaymiz to abad.
Xom sut emgan bandamiz,
O`zing kechir, MUHABBAT!!!
Darhaqiqat, kimlarnidir
tahsin o`qishga, kimnidir pinhona o`tda yonishga, yana ba`zilarni
sig`inishga majbur qilgan sehrli kuch-MUHABBATdan kechirim so`rashdan
avval keling uni anglashga, uning quvonchu armonlarga to`la
ko`chalariga nazar solib ko`rishga harakat qilamiz.
Menimcha, MUHABBAT-bu hayotni yangicha, o`zgacha talqin etishga
yordam beribgina qolmay, balki majbur qiladigan ilohiy tuyg`udir.
Hayotning bu ko`rinishdagi talqini esa orzu-umidlarni, baxtni,
quvonchu shodlikni, visolning shirin onlarinigina emas, shu
bilan birga ayriliqning achchiq damlariyu hijronning o`tli azoblarini
totib ko`rishga muyassar etadi.
MUHABBAT shunday ilohiy baxtki, u faqatgina Allohning suygan
bandalariga inom etiladi. Sevgi goh shirin, goh achchiq, Goh
orzu umidlardan, baxtdan, yuraging yorilguday quvonchdan yayratadi.
Goh sog`inch azoblarining alamidan, rashkdan boshingni qayga
urishni bilolmay garang bo`lasan. Sevgi shunday tuyg`uki hatto
azoblari ham lazzatli shirin tuyuladi haqiqiy oshiq uchun!!!
Ko`pincha qo`lga qalam tutishga majbur qiladigan narsa MUHABBAT
emas, balki MUHABBAT armoni bo`lsa kerak deb uylayman. Chunki
oshiqlar birga ekan, ularning barcha quvonchu hasratlari ham
o`rtada baham ko`riladi. Ammo MUHABBAT armonga aylanib, ishq
bog`ida bulbulnng dardin tinglaguvchi atirgulidan, xa, yagona
atirgulidan ayirsalar bormi, u endi hatto chaman-chaman gullar
ochilgan gulzorda ham yolg`iz qolar, endi uning yagona guli
o`rnini hech bir boshqasi egallay olmaydi. Inson ham xuddi
shunday. Sen uni unutmoqchi bo`lasanu, lekin u haqdagi xayollaru
shirin-shirin xotiralar bunga yo`l qo`ymaydi. Qadrini yo`qotmaslik
maqsadida dengiz ostidagi marvariddek yuraging tubida mahkam
asraganing-beizhor yoki allaqachon izhor etilgan MUHABBATing
endi hijronu armonning mungli dardlarini ham noilojgina o`z
bag`riga joylaydi. endi xayollar qayda ekani ham senga qorong`u.
Senga faqat ishq qalblari o`zra shirin xotiralaru, tim qaro
ko`zlarga termulishga ulgurolmagan o`tkir
nigohlar qoldi xolos. endi sen yuragingga sig`may toshib ketayotgan
dardlaringni kimga aytishga ham xayron bo`lasanu, birgina qog`ozu
qalam senga hamroxligini tushunib etgan chog`ing o`tli satrlar
bitishga kirishasan. Zora darding shu satrlarga ko`chib engil
tortsa:
Endi sizga etmas
qo`lim,
Ketdingiz siz mendan o`zoq.
Peshona deb qoldim netay,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Qorong`udir qayda xayol,
Yo`ldosh bo`ldi menga firoq.
Utar kunim hijronlarda
Sizsiz endi yashay qandoq?
Nechun bizni ayirdilar
Yo`llarimiz endi so`qmoq.
Nahot endi armon bo`lsa
Sizga to`yib-to`yib boqmoq.
Endi sizga etmas qo`lim,
Taqdir bizni etdi yiroq.
Endi o`zga choram yo`qdir
Ishim-sizga baxt tilamoq.
endi sen faqatgina BAXT
tilaysan unga, uzun bedor tunlar o`zra oyga termulib. Oyga termulasanu,
beixtiyor oy senga sevgiling nigohlari ham unga termulib turganligini
shivirlayotganday bo`ladi. Shunda u bilan dardlashging, yuragingni
unga to`kib solging keladiyu, afsuski endi buning iloji yo`q.
endi u o`zga bir insonning yurak dardlarini tinglayotgandir,
balkim. Ko`zing osmon o`zra armonlar zarbidan har yoqqa sochilib,
sening kabi unsizgina ngrab, xiralashib borayotgan yulduzlardayu,
qalbing esa davosi yo`q yurak dardiga darmon axtaradi, armonli
qo`shiqlardan. Lekin endi sadolari ostida uni o`ylaydigan qo`shiqlarni
eshitsang yuraklaring orqaga tortib ketadi. Avvallari sen uni
shirin xayollar og`ushida o`ylasang, endi esa qalbingning qaysidir
bir chekkasida alam bilan xotirlaysan. Bazilar baxtli bo`lish
uchun birga bo`lish shart emas deb o`ylaydilar. Ammo, menimcha,
qachonki sevgiling bilan birga bo`lsanggina baxtli bo`lishing
mumkin. Usiz baxting kemtik bo`lib qoladi. Hatto eng baxtli
kuningda ham yuragingning bir chetida uchmaygina qalbing o`zra
shirin xotiralarning achchiq azobi girdobida nido o`rayotgan
o`sha bevafo yodi yuragingni tirnab utadi. Endi senga birgina
narsa taskin berishi mumkin, u ham bo`lsa, uning baxtli, sog`-salomat,
omon ekanligi. Bora-bora bu taskinlar sening unga bo`lgan tilaklaringga
aylanadi :
Mayli, yod etmagin
meni bir bora,
Sendan menga mayli kelmasin bir sas.
Mayli, sen unutgin mening ismimni,
Menga bu dunyoda omon bo`lsang bas.
Boshing toshdan bo`lsin qayda bo`lsangda,
Lek yurak toshligi tilagim emas.
Mayli senga aziz bo`lsin boshqalar,
Sen mening qalbimda aziz bo`lsang bas.
Bilmam senga etmoq bo`larmi nasib,
Balki sen bo`larsan armon yo havas.
Agarda orzuing ushalsa mensiz,
Menga armonliging unutmasang bas.
MUHABBAT -ilohiy tuyg`u
ekanligini bilsamda, u haqda qalam tebratishga haqli yoki haqsiz
ekanligimni bilmagan holda, MUHABBAT yurtiga mezbon emas mehmongina
bo`lgan bir inson qalbidagi so`zlarni tinglash siz azizlar uchun
zerikarli yoki aksincha kechganligi sirligi ostida MUHABBAT
haqida shaxsiy fikrimning intihosida keltirishni joiz topganim
- eng sevimli she`rim ohangida sizlarnng e`tiboringizga va sabringizga
tashakkurlik izhor etgan chog`im bu dunyodagi barcha sevgan
va sevilgan qalblarga baxt va sadoqat qolaversa armonsiz MUHABBAT
tilab qolaman.
Men sizni sevardim,
sevgim, ehtimol,
Qalbimda butunlay so`nmagan hali.
Sevgim endi sizga kelmasin malol
Haddim yo`qdir sizni xafa qilgali.
Goho chuchib, goho rashk qilib men
Sevar edim so`zsiz, umidsiz.
Har kishi sevsa ham, men kabi sevsin,
Chin yurakdan samimiy, cheksiz.
Qurib qoldi ko`zda yoshim,
Yurak to`lsa yig`lolmayman.
Hijronga etmas bardoshim,
Shodlikka dil bog`lolmayman.
Qafasdagi qushcha misol,
Yoningga hech borolmayman
Suvdek oqib ketdi visol,
Tushimda ham ko`rolmayman.
Olis yulduz bo`lding ko`kda,
Yakin turib etolmayman.
Dardimni tangrimdan o`zga,
Hech kimsaga aytolmayman.
ey bevafo, bu qilmishing,
Ne deb atay bilolmayman.
Hushim yo`qdir baxt tilashga,
Baxtsizlik ham tilolmayman.
MUHABBATdan kechib ketding,
Men-chi bunday etolmayman.
Bir umrga armon bo`lgan
MUHABBATdan ketolmayman.
Ko`ngil yig`layotir yomg`irdek ezib,
Yurakdan tukilar dardlarim sizib,
Halovatning sokin uylarin bo`zib,
Ketgim kelar lekin bilmam qayoqqa!!!
Xayol bo`lib hayotingdan ketmadim jonim,
Quyosh bo`lib ko`zlaringga botmadim jonim,
Hajring bilan zafarondir oy yuzim,
Bu dunyoda sendan o`zgani topmadim.